Moskva Kiyevning hujumiga gap bilan emas, balki aniq harakatlar bilan javob beradi – Lavrov
Olam
−
05 may 2023
9470Moskva Kiyevning Kremlga dron orqali hujum qilishga urinishiga gap bilan emas, balki aniq harakatlar bilan javob beradi. Bu haqda bugun, 5 may kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Hindistonning Goa shtatida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“Biz “casus belli” bor (lotincha “urushga sabab”) yoki yo‘qligi haqida gapirmasdan, aniq harakatlar bilan javob beramiz. “Ruslar ko‘p vaqt otni egarlaydi, lekin ular tez chopadi" degan maqol bor", deydi Lavrov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev G‘arb “xo‘jayinlari”ning roziligisiz Kremlga drondan hujum qilishga qaror qabul qila olmaydi.
“Bu aniq dushmanlik harakati edi. “Egalari” bilmagan holda Kiyev buni amalga oshira olmasligi aniq", deydi vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kremlga dron vositasida hujum qilingandi. Rossiya tomoni bu Ukrainaning ishi ekanini iddao qilmoqda. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa mamlakat Kremlga ham Rossiyaga ham hujum qilmaganini bildirgan.
LiveBarchasi