Moskva Kiyevni raketa “yomg‘iri” ostida qoldirdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Rossiya harbiylari bugun, 14 noyabrga o‘tar kechasi Kiyevga raketa va uchuvchisiz apparatlar orqali hujum uyushtirdi. Bu haqda Kiyev harbiy ma’muriyati rahbari Temur Kachenko ma’lum qildi.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, hujum oqibatida Kiyevning bir nechta tumanlarida ko‘p qavatli uylar yonib ketgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan, 24 kishi jarohatlangan, 40 kishi qutqarilgan. Kiyev meri Vitaliy Klichko esa 25 kishi jarohatlangani haqida aytgan. Jarohatlanganlardan to‘qqiz nafari shifoxonaga yotqizilgan, qolganlariga esa voqea joyida yordam ko‘rsatilgan.

Qutqaruvchilarning ma’lumotiga ko‘ra, Desnyanskiy tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarning 3-qavatida chiqqan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. Shu tumandagi boshqa manzilda ham yettinchi qavatda yong‘in yuz bergan.

Podolsk, Dneprovsk, Solomyanskiy, Svyatoshinskiy va Obolon tumanlaridagi turarjoy binolarida ham yong‘inlar qayd etilgan.

Golosiyivskiy tumanida raketa yoki dron bo‘laklari shifoxona hududiga tushgan. Dneprovsk tumanida sport bazasidagi yog‘och inshootlar 200 kvadrat metr maydonda yonib ketgan. Darnitskiy tumanida esa maktab hududida yong‘in chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Ukraina o‘rtasida shu yil davomida bo‘lib o‘tgan tinchlik muzokaralari natija yo‘qligi sababli to‘xtatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Kiev Temur Kachenko Desnyanskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing