Moskva birjasida 12 sentyabrdan o‘zbek so‘mida savdolar boshlanadi
Olam
−
31 avgust 2022
6101Moskva birjasi joriy yilning 12 sentyabridan o‘zbek so‘mida savdoni boshlaydi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbek so‘mi-Rossiya rubli valyuta juftligi “bugun” va “ertaga” hisob-kitoblari bilan spot bozorda sotiladi. Shuningdek, bir kecha-kunduzda svop operatsiyalari savdo ishtirokchilari va ularning mijozlari uchun mavjud bo‘ladi”, deyiladi Moskva birjasi saytida e’lon qilingan xabarda.
Qayd etilishicha, yangi valyuta juftligi professional bozor ishtirokchilari uchun savdo imkoniyatlarini kengaytiradi va milliy valyutalarda hisob-kitoblarni rivojlantirishni rag‘batlantiradi.
Avvalroq Moskva birjasi 8 avgustdan boshlab yapon iyenasi bilan savdoni to‘xtatgani ma’lum bo‘lgan edi. Birja kelgusida yapon milliy valyutasida savdoni qayta tiklash uchun barcha choralarni ko‘rishga va’da bergan.
LiveBarchasi