Moskva birjasi qachondan o‘zbek so‘mida savdolar boshlashi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
21 iyun 2022
17124Joriy yilning 27 iyun kuni Moskva birjasi o‘zbek so‘mi, arman drami va Janubiy Afrika rendi bilan savdo qilishni boshlaydi. Bu haqda “Interfaks” birja matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi valyutalar bozorning professional ishtirokchilari, ularning mijozlari – jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining savdo imkoniyatlarini kengaytiradi.
Treyderlar va ularning mijozlari quyidagi valyuta juftliklari uchun spot va almashtirish vositalaridan foydalanishlari mumkin:
• Janubiy afrika rendi – Rossiya rubli (ZAR/RUB);
• AQSH dollari – Janubiy afrika rendi (USD/ZAR);
• arman drami – Rossiya rubli (AMD/RUB);
• AQSH dollari – arman drami (USD/AMD);
• o‘zbek so‘mi – Rossiya rubli (UZS/RUB).
Birja shuningdek, BAA dirhami – Rossiya rubli (AED/RUB) va AQSH dollari – BAA dirhami (USD/AED) valyuta juftliklarida savdoni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu juftliklar savdolari boshlanishi sanasi haqida hozircha xabar berilmagan.
LiveBarchasi