Moskva-Andijon-Moskva yo‘nalishida aviqatnovlar amalga oshirila boshladi  

Jamiyat

−

image

Andijon xalqaro aeroporti qayta ish boshladi. Bir yillik tanaffusdan so‘ng ilk reys Rossiyaga amalga oshirildi.

Xabar berilishicha, bugun, 24 dekabr kuni “Andijon” xalqaro aeroporti “Uzbekistan Airports” AJ  sa’y-harakatlari bilan o‘z faoliyatini qayta tikladi. 

O‘zbekiston Respublikasi aviatsion hukumati tomonidan olingan ruxsatga muvofiq, joriy yilning 22 dekabridan Rossiyaning “IrAero” aviakompaniyasi “Superjet-100” samolyotida Moskva-Andijon-Moskva yo‘nalishidagi reyslarni amalga oshira boshladi. 

Ma’lumot uchun, “Andijon” xalqaro aeroportining oxirgi muntazam reysi – Andijon-Toshkent yo‘nalishida o‘tgan yilning oktyabr oyida VS Boeing-757havo kemasida amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing