Moratoriy faqat qog‘ozdami? Surxondaryoda 160 tup daraxt kesib tashlangani aytilmoqda (foto)
Jamiyat
−
14 Sentabr 2021
6547QALAMPIR.UZ tahririyatiga kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida 160 tupdan ortiq tut daraxti qo‘porilib, o‘rnida qurilish boshlangan.
Ma’lumotga ko‘ra, 13 sentyabrdan 14 sentyabrga o‘tar kechasi tumanning Obodon hududi, Termiz – Dushanbe xalqaro yo‘li yonida 4 gektarlik tutzor orasidan 160 donadan ortiq tut daraxti kesib, tomiri bilan qo‘porib olingan.
Saytimiz foydalanuvchisi yuborgan rasmlarga ko‘ra, tut daraxtlarining o‘rnida bugun, 14 sentyabr erta tongdan qurilish ishlari boshlangan. Uzunligi 40 metr bo‘lgan yirik binoning poydevori qurilishida 8-10 nafar kishi ishlayapti.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Prezidentining “2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil 31 dekabrgacha moratoriy joriy etilgan.
Shundan so‘ng, “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan daraxt kesish uchun moratoriy 2021 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirilgandi.
Biroq, mamlakatda Prezident farmoniga qaramay, mamlakatda daraxtlar qirg‘ini tugamayapti. Bundan bir necha kun oldin Toshkentning Mirobod tumanida 51 ta ko‘p yillik daraxtni qurigan, deb hisoblanib kesish boshlangandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr