Moobina 3 milliondan ortiq Mobiuz abonentlariga yordam berdi
Biznes
−
10:51 420 3 daqiqa
Mobiuz call-markaziga kelib tushayotgan o‘zbek tilidagi murojaatlarga Moobina javob qaytarmoqda. U sun’iy idrokning innovatsion texnologiyalari asosidagi virtual yordamchi hisoblanadi.
U 9 millionga yaqin qo‘ng‘iroqni qabul qildi, murojaatlarning uchdan bir qismini o‘zi mustaqil ravishda (operator aralashuvisiz) hal qildi.
Moobina 2025 yilning may oyida 0890 va (+998) 97 130 09 09 raqamlarida ishga tushirilgandi. Odatdagi “birni bosing, ikkini bosing” kabi ko‘rsatmalar o‘rniga, abonent undan nima maqsadda qo‘ng‘iroq qilayotganini so‘raydi. Tizim esa nutqni anglab, odam nimani xohlayotganini tushunadi va yo o‘zi javob beradi yoki mutaxassisga ulab beradi.
Moobina aloqa markazlari uchun mo‘ljallangan innovatsion xalqaro yechim – Omilia platformasida yaratilgan. Moobina’ga o‘rgatilgan asosiy ko‘nikma – o‘zbek tilini tushunishdir. Ya’ni u nafaqat adabiy tilni, balki odamlar bevosita gaplashadigan jonli tilni, shevalarni hisobga olgan holda tushunadi, ismlar, familiyalar va JSHSHIRni eshitib anglaydi.
Bir yarim yil davomida dasturchilar va moslashtirish jamoasi ulkan ishlarni amalga oshirdi. Muloqotning eng oddiy ssenariylaridan boshlab, Moobina imkoniyatlari bir necha barobar kengaydi. U bir xil savolni o‘nlab turli shakllarda tushunishni o‘rgandi. Shuningdek, u kompaniyaning brend xizmatlari – MobiMusic, MobiCinema, MobiGames, MobiMoon, Kid Security, MobiKids va boshqalar haqida ma’lumot berishni ham o‘zlashtirdi.
Mobiuz Mijozlarga xizmat ko‘rsatish departamenti direktori Olga Kim shunday ta’kidlaydi:
“Qizig‘i shundaki, bu vaqt ichida o‘zgarishlar nafaqat Moobina, balki qo‘ng‘iroq qilayotgan abonentlar tomonida ham bo‘ldi. Dastlabki oylarda abonentlarning bir qismi go‘shakdagi ovozga shubha bilan munosabatda bo‘lishdi. Ular faqat “jonli operator” bilan gaplashishni ma’qul ko‘rishdi. Vaqt o‘tishi bilan bu narsa o‘zgardi. Odamlar Moobina’ga savollarini aniqroq shakllantira boshladilar: nega qo‘ng‘iroq qilishayotganini, ularga qanday yordam va maslahat kerakligini aniqroq ayta boshlashdi. Ya’ni, moslashuv ikki tomonlama bo‘ldi: kompaniya yordamchini abonentlarga moslashtirdi, abonentlar esa yordamchiga moslashdi”.
Va suhbatlar darajasi shu holatga yetdiki, masalasi hal bo‘lgan abonentlar Moobinaga “Katta rahmat!”, “Yashang!”, “Juda katta yordam berdingiz!” kabi iboralar bilan murojaat qila boshladi.
Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, so‘nggi oylarda bunday munosabatlar sezilarli darajada ko‘payib bormoqda. Buni esa yordamchining to‘g‘ri ishlayotganini ko‘rsatuvchi eng aniq belgi deb baxolash mumkin. Tizim qayta so‘rashi kerak bo‘lgan vaziyatlar kamaydi, abonent esa kerakli ma’lumotga tezroq ega bo‘lib, o‘z savoliga tezroq javob olmoqda.
Mobiuz billing tizimining migratsiyasi (to‘liq yangilanishi) kunlarida Moobina qo‘ng‘iroq qiluvchilarni olib borilayotgan ishlar haqida xabardor qiluvchi axborot kanaliga ham aylandi. Hozirda u yangi tizimda murojaatlar bilan ishlashda davom etmoqda va o‘z imkoniyatlarini kengaytirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mobiuz haqidagi boshqa yangiliklar bilan pr.mobi.uz saytida tanishishingiz mumkin.
Live
Barchasi