Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vakolat va vazifalari belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Nizomga muvofiq, Qo‘mita monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya sub’ektlari ustidan nazorat qilish va tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalash sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Qo‘mita Bosh vazirga hamda ayrim masalalar bo‘yicha Prezidentga bo‘ysunadi.

Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi Qo‘mita tarkibiga kiradi.

Qo‘mita xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni insofsiz raqobatchilardan himoya qilishni ta’minlaydi.

Qo‘mita mulkchilik shaklidan qat’i nazar monopoliya sohasida tadbirkorlar faoliyatini tekshiradi.

Qo‘mita raisi Bosh vazir taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Hukumat tomonidan doimiy ravishda Qo‘mita faoliyatining samaradorligi baholanib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

nizom qo'mita Monopoliya

Baholaganlar

32

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing