Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi UzautoMotors`ga nisbatan ish qo‘zg‘adi
Jamiyat
−
29 iyul 2020
20228Avvalroq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga UzautoMotors AJning qonunga rioya qilayotgani yuzasidan ma’lumot berishi talab qilib so‘rov kiritgani haqida xabar bergan edik.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ko‘p o‘tmay UzautoMotors AJna nisbatan tekshiruv o‘tkazilganini ma’lum qildi.
Tekshiruv Hukumat topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida hamda fuqarolardan yozma va OAV orqali kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi, shu jumladan, ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qo‘llanilishi asosliligi yuzasidan vakolat doirasida o‘tkazilgan.
Tekshirish natijalari bo‘yicha jamiyat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida” Qonunining tegishli moddasi talablari buzilishi alomatlari aniqlanib, UzautoMotors AJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.
Qayd etilishicha, UzautoMotors AJga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilinganidan so‘ng natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
LiveBarchasi