MOning ikki mamlakatida odamlar sog‘lom ovqatlanish imkoniyatiga ega emas – BMT

Olam

image

So‘nggi yillardagi ma’lumotlar va tendensiyalar, asosan, Yevropa va Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligi va oziqlanish bilan bog‘liq ijobiy vaziyatni ko‘rsatmoqda. Bu haqda BMTning sakkiz agentligi tomonidan kecha, 14 mart kuni chop etgan hisobotida aytiladi. Matn Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti tomonidan tarqatilgan. 

Qayd etilishicha, COVID-19 pandemiyasi va Ukrainadagi mojaro oqibatlariga qaramay, Yevropa va Markaziy Osiyo dunyoning boshqa mintaqalariga qaraganda umuman olganda, ancha yaxshi ahvolda.  

Hisobot mualliflarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020 yilda dunyoda to‘yib ovqatlanmaslik darajasi 9,9 foizgacha o‘sgan va o‘shandan beri o‘sishda davom etmoqda, Yevropa va Markaziy Osiyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida so‘nggi yillarda o‘rtacha ko‘rsatkich 2,5 foizdan past bo‘lib qolmoqda. 

“Garchi mintaqaning ayrim qismlarida, jumladan, Kavkaz va G‘arbiy Bolqonda, to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekayotgan aholi ulushi ortib borayotgan va ehtimol o‘sishda davom etsada, mintaqaviy o‘rtacha ko‘rsatkich 2,5% dan past bo‘lib qolishi kutilmoqda”, deyiladi hujjatda.  

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, oziq-ovqat ta’minotining jiddiy muammolarini boshdan kechirayotgan odamlar soni tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda va 2019 yildan 2021 yilgacha 13 milliondan ortiq kishiga ko‘paymoqda. 

“Yevropa va Markaziy Osiyoning deyarli barcha mamlakatlarida oziq-ovqat narxlarining oshishi tufayli sog‘lom ovqatlanish narxi oshdi. Biroq, ayrim davlatlar bundan mustasno, mintaqa aholisining aksariyati (taxminan 96,4%) sog‘lom ovqatlanish imkoniyatiga ega, bu ko‘rsatkich 2020 yilda global o‘rtacha 58% ni tashkil qilgan”, deyiladi hisobotda.  

Shu bilan birga, ekspertlarning ta’kidlashicha, mintaqaning o‘rtacha daromadi past bo‘lgan va sof oziq-ovqat importi bo‘lgan ba’zi mamlakatlarida (Armaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi) aholining juda yuqori foizi (40% dan ortig‘i) sog‘lom ovqatlanish imkoniyatiga ega emas.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Osiyo Sog'lom ovqatlanish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing