Mongoliyada Yangi yil bayramini o‘tkazish taqiqlandi
Olam
−
12 fevral 2020
7202Mongoliya Prezidenti Xaltmaagiyn Battulga mamlakatda Sagan Sar (qamariy oy bo‘yicha Mongoliya Yangi yil)ga aloqador barcha tadbirlar o‘tkazilishini taqiqladi. Bu koronovirusni aholi ichida yoyilib ketmasligi uchun qo‘llanilayotgan chora-tadbirlardan biridir, deya xabar bermoqda “Monsame” agentligi.
“Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida va qo‘shni Xitoyda COVID-19 tarqalishining kuchayib borayotgani sabab, hukumat tomonidan mamlakatda Sagan Sar bayramini o‘tkazish taqiqlandi”, deyiladi Prezident qarorida.
Mongoliyada Yangi yil yarmarkalarining zudlik bilan yopilishi bilan birga, televizion va radioeshittirishlardan 23-24 fevral kunlari bo‘ladigan bayramga aloqador barcha tabrik va reklamalrni olib tashlash buyurilgan.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 12 fevral kuni “Xitoy Xalq Respublikasiga gumanitar yordam yuborish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani, unga asosan bugun erta tongdan gumanitar yordam ortilgan maxsus samolyot Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportidan yo‘lga chiqqani haqida xabar berilgan edi.