Mongoliya Prezidenti karantin fonida selfi tushdi
Olam
−
21 mart 2020
6251Joriy yilning 27 fevral kuni Mongoliya Prezidenti Xaltmaagiyn Battulga Xitoyga bir kunlik tashrif uyushtirgan edi. Shundan so‘ng, davlat rahbari 14 kun davomida karantinga olindi.
Xitoydagi tashrifdan so‘ng, Prezident va u bilan birga kelgan amaldorlar koronavirusdan tashxis topshirdi. So‘ngra ular ixtisoslashgan tibbiyot muassasasida karantinga olindi.
Prezidentning karantin vaqtida tushgan selfisi internet va ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi va turli fikrlarni yuzaga chiqardi. Izohlarning aksariyati pozitiv ruhda bo‘lib, foydalanuvchilarning aytishicha, bu ularda ko‘tarinki kayfiyat ulashgan.
Battulga — koronavirus tarqalgan mamlakatlar orasida Xitoyga tashrif buyurgan ilk Prezident bo‘ldi.
Ayni paytda Mongoliyada koronavirusga chalinganlar soni 6 nafarni tashkil etmoqda.