Monako shahzodasi koronavirusga chalindi
Sport
−
20 mart 2020
5748Monako shahzodasi Alber II koronavirusni aniqlovchi test topshirdi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, shahzoda koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi. Ayni damda uning sog‘lig‘ida tashvishlanarli holat yo‘q, deya xabar bermoqda shahzodaning Matbuot xizmati boshlig‘i.
Xabar berilishicha, shifokorlar shahzodaning sog‘lig‘ini nazorat qilishmoqda. Alber II o‘z idorasida ishlashda davom etmoqda. U hukumat a’zolari va yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Ma’lumot o‘rnida, Alber II Fransiyaning "Monako" futbol jamoasining 30% aksiyasiga egalik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar 245 927 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 10 048 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. 88 465 nafar inson kasallikni yengib o‘tib, butkul sog‘ayib ketgan.
LiveBarchasi