“Mona Liza”da da Vinchining “imzo”si topildi

Madaniyat-san’at

image

Fransiya va Angliya olimlari "Mona Liza"ni zamonaviy usullar va texnologiyalar yordamida tekshirdi. Natijada ular Leonardo da Vinchining ramziy "imzo"sini topdi. Bu haqda "24 news breaker" nashri xabar berdi.

Ushbu kashfiyotni batafsil o‘rganish uchun tadqiqotchilar zarrachalar harakatini deyarli yorug‘lik tezligigacha tezlashtiradigan eng zamonaviy mashina — sinxrotrondan foydalangan. Ushbu ilg‘or texnologiya ularga bo‘yoqning kimyoviy tarkibini atom darajasigacha tahlil qilish imkonini berdi. 

Fransiyaning CNRS ilmiy tadqiqot markazi kimyogari Viktor Gonsales tomonidan o‘tkazilgan bu tadqiqot natijasiga ko‘ra, Leonardo da Vinchi Mona Lizaning asosini tashkil etgan terak daraxtini tayyorlash uchun noyob kimyoviy aralashmadan foydalangan. Ushbu topilma Leonardoning eksperimental tabiatini va san’at yaratishdagi o‘ziga xos yondashuvini ko‘rsatadi.

Olimlar rasmning yuqori o‘ng burchagidan plumbonakrit deb nomlangan moddani topdi. Ushbu kimyoviy unsur qo‘rg‘oshin oksididan tayyorlangan. Uning mavjudligi san’at tarixchilarining uzoq yillik shubhalarini tasdiqladi: Leonardo bo‘yoqni qalinlashtirish va quritish jarayonini tezlashtirish uchun qo‘rg‘oshin oksidi kukunidan foydalangan. Viktor Gonsalesning so‘zlariga ko‘ra, plumbonakritni Leonardo texnikasining haqiqiy "imzosi" deyish mumkin. 

Ma’lumot uchun, ushbu modda Rembrandtning 17-asrga oid rasmlarida ham uchraydi. 

Eslatib o‘tamiz, Leonardo da Vinchining butun dunyoga mashhur asari “Mona Liza” o‘g‘irlanganidan so‘ng mashhurlikka erishgan. Ushbu jinoyat “asr o‘g‘riligi” deb ataladi.


Maqola muallifi

Teglar

imzo Mona Liza da Vinchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing