Moliyaviy mustaqil OTMlarda ham kontrakt narxi oshirilmaydi

Jamiyat

image

Avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxad Babashev brifing vaqtida OTMlarda to‘lov-kontrakt miqdori oshirilmasligini ma’lum qilgandi. Vazirlik rasmiysining QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishicha, to‘lov-kontrakt miqdori o‘zini o‘zi mustaqil moliyalashtirishga o‘tgan OTMlarda ham ham oshirilmaydi.

Ma’lumot uchun, 2020 yilning 12 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Unda, o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan OTMga to‘liq moliyaviy ta’minlash miqdoridan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt narxini belgilash huquqiga egaligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shu sanadan boshlab, quyidagi 10 ta oliygoh tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan:

  • O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti;
  • Urganch davlat universiteti;
  • Toshkent Temir yo‘l muhandislari instituti;
  • Samarqand davlat Chet tillari instituti;
  • Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti; 
  • Toshkent davlat Yuridik universiteti;
  • Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti;
  • Toshkent Moliya instituti;
  • Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti; 
  • Toshkent Farmatsevtika instituti.

Maqola muallifi

Teglar

to'lov-kontrakt

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing