Moliya vazirligining funksiyalari va vazifalari kengaytirildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 21 avgust kuni O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim  hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.

Farmonga muvofiq Kapital bozorini rivojlantirish agentligining tugatilganligi va Moliya vazirligiga tugatilgan Agentlikning vazifalari, funksiyalari va vakolatlari o‘tkazilganligi munosabati bilan bir qator hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi. Ular orasida, o‘zgartirishlar:
•    “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi farmonga; 
•    24.11.2018 yildagi “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonga;
•    O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas’ul davlat organlari ro‘yxatiga kiritildi.

Shuningdek, Moliya vazirligi va uning bo‘linmalarining ustuvor vazifalari va yo‘nalishlari ro‘yxati to‘ldirildi. Xususan, “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2847-son qaroriga  va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishar kiritildi. Jumladan, boshqalar qatorida, Moliya vazirligi va uning bo‘linmalari qimmatli qog‘ozlar bozori, bukmekerlik va lotereyalarni tashkil etish faoliyatini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirishni amalga oshiradi. Shuningdek Moliya vazirligining qimmatli qog‘ozlar bozori sohasida funksiyalari belgilandi.

Bundan tashqari, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan iste’mol etil spirtini Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan taqsimlangan hajmlardan ortiqcha hajmda xarid qilinadigan taqdirda Agentlikni xabardor qilish tartibi chiqarib tashlandi (05.02.2019 yildagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5656-son farmon 3-b. 9-x.) .

Shu kabi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar quyidagilarga kiritildi:

•    O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlariga (PF-5544-son farmon bilan tasdiqlangan);
•    Prezidentning 2020 yil 2 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi farmoniga;
•    Prezidentning 2006 yil 7 noyabrdagi "Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori va boshqalarga.


Maqola muallifi

Teglar

Moliya vazirligi

Baholaganlar

78

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing