Moliya vazirligi pensiya naqd to‘langani uchun 1 foiz haq kimdan olinishini tushuntirdi

Jamiyat

image

Avvalroq O‘zbekiston Prezidentining “Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy yilning 1 mayidan pensiyasini naqd ko‘rinishda oladigan pensionerlar uchun AT “Xalq bank”iga 1 foizlik qo‘shimcha xizmat haqi to‘lanishi haqida xabar bergan edik.

Moliya vazirligi O‘zbekiston Prezidenti qarorining ushbu bandini tushuntirdi. 

Unga ko‘ra, bank pensiya, nafaqa va naqd pul yordamini yetkazib berish uchun to‘langan summaning 1 foizini undiradi.

Nizomga ko‘ra, 1 foiz byudjet va byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Pensiya, nafaqa va moddiy yordam oluvchilar bu miqdorni to‘lamaydi.

Barcha turdagi davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar, bank kartalariga to‘lanadigan moddiy yordam oluvchilarga to‘langan summaning 1 foizi miqdorida qo‘shimcha yig‘im to‘lanadi.


Maqola muallifi

Teglar

pensiya

Baholaganlar

373

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing