Moliya vaziri: “Bu paytda O‘zbekistonning tashqi qarzi o‘sishi, tabiiy”

Jamiyat

image

Koronavirus pandemiyasi natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy inqiroz vaqtida O‘zbekistonning tashqi qarzi oshadi. Bu haqda Moliya vaziri Timur Ishmetov “Hoshimov Iqtisodiyoti” loyihasiga bergan intervyusida ma’lum qilmoqda.

Begzod Hoshimov: hozirda O‘zbekiston tashqi qarzi barqaror deb hisoblanadi. Yaqinda, 10 aprleda Fitch Ratings ham barqaror deb ko‘rsatdi. (Umumiy tashqi qarzi 24,4 milliard dollar, davlat tashqi qarzi 15,8 milliard dollar) inqirozda davlatlar qarz olib tezroq chiqib ketish choralarini ko‘radi. Yaqinda Xalqaro valyuta jamg‘armasi ham qarz olish kvotalarini 2 barobarga oshirdi. Biz tashqi qarzni qanchaga oshirishni rejalashtirganmiz? 

Moliya vaziri: 15 martdan, ya’ni koronavirusga chalingan bemor paydo bo‘lganidanoq hukumatda shunday qaror qabul qilingan. O‘sha kundan boshlab hamma reyslarni to‘xtatish boshlandi. Keyingi haftalardan cheklovlar keskinlashib bordi. Prezidentimizning birinchi farmonlari 19 martda chiqarildi. Hukumat iqtisodiy blokining Jamshid Anvarovich boshchiligida yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Prezident topshirig‘i bilan birlamchi hisob-kitoblar qilindi. Davlat rahbariga hisobot berilganidan keyin fond tuzilishi topshirig‘i berilgan. 

Shundan keyin Prezidentimiz tomonidan bu birlamchi choralar yetarli emas deb hisoblandi va qo‘shimcha choralar belgilandi. Bu ikkita qaror doirasida Moliya vazirligiga byudjetni qayta ko‘rib chiqish topishirig‘i berildi. Inqirozga qarshi kurashish komissiyasi tuzilib, har kuni shu komissiya ish yuritmoqda. Biznes vakillari bilan uchrashib, hududlardan, vazirliklardan muammolar to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘yapmiz. Qo‘shimcha takliflar berib, kunlik ishlarni davom ettiryapmiz. 

Inqirozga qarshi kurash komissiyasi har kuni ertalab 8:00 da yig‘iladi. 2-3 nafar hudud rahbari va 2-3 nafar vazir hisoboti eshitilganda, muammolar ko‘zga tashlanmoqda. Bu inqiroz paytida yilning oxiriga prognoz qilish juda qiyin. Lekin, mening fikrimcha, tashqi qarzimiz o‘sishi tabiiy. Bunday paytda, iqtisodiy jihatidan pul mablag‘lari zarur. 

Bizni qutqaradigan narsa shuki, so‘ngi 3 yilda mo‘’tadil iqtisodiy siyosat olib borildi. Tashqi qarzimiz me’yorda saqlab kelindi. Bu inqiroz paytida tashqi qarzni ko‘paytirishga imkoniyat yaratadi. Bundan ko‘rqmaslik kerak. Iqtisodiy o‘sish nima bo‘ladi, degan savollar ko‘p berilmoqda. Bu Moliya vaziri tomonidan gapirilish qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi, bilmadim. Lekin fikrimcha, inqiroz shunchalik jiddiyki, hozircha iqtisodiy ko‘rsatkichlar kabi mavzular keyinroq o‘ylanadigan masalalardir. 

Hozir kasallik tarqalishining birlamchi bosqichida bo‘lsak, avvalambor, uning oldini olishda hamma choralarni ko‘rish kerak. Birinchi qadam, barcha harakatlarni cheklash bo‘ldi. Agar karantin qo‘llanilmasa, xarajatlar bundan bir necha barobar ko‘proq bo‘lishi, tabiiy. Bu odamlar hayoti bilan bog‘liq narsa. Kasallik tarqalishiga qarab har xafta prognozlar o‘zgarishi tabiiy.
 


Maqola muallifi

Teglar

Timur Ishmetov Moliya vaziri

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing