Moliya vaziri Baxtigul Jeyenbayeva so‘roqqa chaqirildi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Moliya vaziri Baxtigul Jeyenbayeva Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish xizmati tomonidan so‘roqqa chaqirildi. Bu haqda Kaktus media xabar bermoqda.

Shu yilning 26 sentyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi Davlat iqtisodiy jinoyatlarga qarshi xizmati xodimlari tergovchining nomidan maxsus kuchlar ishtirokida va sud ekspertizasi markazi direktori tomonidan pulni noqonuniy ishlatilgani to‘g‘risidagi hujjatlarni tortib olish to‘g‘risidagi sud qarori bilan Qirg‘iziston Moliya vazirligida tintuv o‘tkazgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vakillik xizmatlariga 6 million som sarflangan. Shundan byudjetga 1,6 million som ajratish rejalashtirilgan edi. Tintuv vazirning kabinetidan boshlangan. Baxtigul Jeyenbayeva tintuv o‘tkazuvchilarga kirish ruxsatnomalarni imzolab bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Moliya vaziri Baxtigul

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing