Moldovada NATO mamlakatlari ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi
Olam
−
05 avgust
2718Moldovada AQSH va Ruminiya harbiy xizmatchilari ishtirokida “Olov qalqoni – 2024” harbiy mashqlari boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
“Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad – ishtirokchi qo‘shinlarning tezkor imkoniyatlarini rivojlantirish va o‘zaro hamkorligini oshirish. Mashg‘ulotlarga milliy armiyamizning harbiy-texnik bo‘linmalari va artilleriya tizimlari jalb etiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, yaqin kunlarda Moldova yo‘llari bo‘ylab harbiy texnika harakati tashkil etiladi, bu munosabat bilan Mudofaa vazirligi aholidan xotirjamlikni saqlashni va rasmiy manbalardan ma’lumot olishni so‘ragan.
Ma’lumot uchun, Moldova Prezidenti Mayya Sandu va Bosh vazir Dorin Rechan Rossiyadan harbiy tahdid borligini aytib, NATO bilan hamkorlikni faollashtirish tarafdori ekanini ta’kidlab kelmoqda. Mamlakatda AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ruminiya harbiy xizmatchilari ishtirokida tez-tez mashg‘ulotlar o‘tkazila boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Armaniston va AQSH “Eagle Partner 2024” qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazgandi.
LiveBarchasi