Moldova yetakchisining nogiron iti Avstriya Prezidentini tishlab oldi (video)

Bu qiziq

image

Moldova Prezidenti Mayya Sanduning iti Avstriya yetakchisi Aleksandr Van der Bellenning qo‘lini tishlab oldi. Bu haqda TVR xabar berdi.

Van der Bellen o‘zining sloveniyalik mavqedoshi Natasha Pirs-Musar bilan birgalikda Moldovaga amaliy tashrifi doirasida Kishinyovga borgan. Avstriya Prezidenti “Kodruts” laqabli itni erkalamoqchi bo‘lganida, it uning qo‘lidan tishlab olgan.

Shundan so‘ng, Sandu ingliz tilida “Kodruts” ko‘p odamlardan qo‘rqishini tushuntirgan.

Keyinchalik Van der Bellen Sandu va Pirs-Mussar bilan o‘tkazgan matbuot anjumaniga kaftini bog‘lab kelgan. Moldova parlamenti raisi Igor Grosu va Bosh vazir Dorin Rekan bilan uchrashuvda ham Avstriya Prezidenti bo‘g‘imlariga oq plaster taqib yurgan.

Uchrashuvdan so‘ng Moldova Prezidenti o‘zining Facebook'ida Avstriya va Sloveniya rahbarlari bilan Moldova va Ukrainani Yevropa Ittifoqiga qabul qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlash bo‘yicha Yevrokomissiya tavsiyasini muhokama qilganini yozdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi butun mamlakat uchun tinchlik, erkinlik va farovonlikni kafolatlashning yagona imkoniyati bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Mayya Sandu “Kodruts”ni mashina urib yuborganidan keyin boqib olgan. Veterinariya shifokorlari uning oldingi panjasini qutqara olmagan.

"Lekin bir necha oylik davolanishdan so‘ng, u endi uch oyoqda xursand bo‘lib yugurmoqda", deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Moldova Avstriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing