Moskvadan keyin Sankt-Peterburgda ham karantin ikki oyga kuchaytirildi
Olam
−
14 noyabr 2020
5043Rossiyada koronavirus bilan kasallanish holatlari tobora ko‘payib bormoqda. Shu munosabat bilan bugun, 14 noyabrdan boshlab Sankt-Peterburgda yangi cheklovlar amal qila boshlaydi.
Manbaga ko‘ra, cheklovlar 2021 yilning 15 yanvarigacha davom etadi.
Cheklovlarga ko‘ra, Sankt-Peterburgda o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlarda 50 dan ortiq kishining yig‘ilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shahar davlat muassasalari binolarida joylashgan klublar, seksiyalar, bolalar to‘garaklari o‘z ishlarini to‘xtatadi.
Kinoteatrlar, teatrlar va konsert zallarining faqatgina 50 foiz o‘rindiqlarini to‘ldirish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, 65 yoshdan oshgan fuqarolarning ishlashiga cheklovlar qo‘yiladi. Ular masofadan ishlashga o‘tkaziladi.
Surunkali kasalliklarga chalinganlar izolyatsiya qilinadi.
Avvalroq, joriy yilning 13 noyabridan 2021 yilning 15 yanvarigacha Rossiya poytaxti Moskvada karantin choralari kuchaytirilgani haqida xabar bergandik.
Ayni paytda Rossiyada koronavirus bilan kasallanish statistikasi o‘sib bormoqda. Kasallanganlar 1,9 milliondan oshgan. 32 ming 834 kishi vafot etgan.
Moskva, Moskva viloyati, Sankt-Peterburg va Nijniy Novgorod viloyati kasallik aniqlanishi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda bormoqda.
LiveBarchasi