MOQ Gollandiyaning “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

Jamiyat

image

Kecha, 25 aprel kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida Gollandiyaning yirik “Elsevier” kompaniyasi vakillari bilan seminar tashkil etildi. Mazkur yig‘ilishni MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov olib bordi. Shuningdek, unda “Elsevier” kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Aliya Ospanova, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari, jismoniy tarbiya va sport sohasida tadqiqotlar olib borayotgan bir guruh yosh olimlar, talaba va magistlar, shuninigdek, OAV vakillari ishtirok etishdi.

“Men O‘zbekiston sporti ilmiy sohada ham yuksalanayotganidan xursandman. Ishonchim komilki, sport sohasida faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlarimiz bunday hamkorlik natijasida o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirgan holda butun dunyoga olib chiqishadi. Bu borada biz ularga yordam berishga tayyoramiz”, dedi Jasur Matchanov.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston MOQ va “Elsevier” kompaniyasi mutasaddilari o‘rtasida o‘zaro strategik hamkorlik bo‘yicha “Sport va ilm-fan” memorandumi imzolandi.

“Mazkur hamkorlik sportchilarni yirik xalqaro musobaqalarga tayyorlash va yuqori natijalarga erishish, qolaversa, sport ilm-faninining rivojini yangi cho‘qqiga olib chiqishi bilan ahamiyatli. Memorandum jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Jismoniy tarbiya va sport universitetiga mutaxassislar yetkazib berish, mamlakatingizda sport meditsinasini rivojlantirish kabi istiqbolli dasturlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, MOQ bilan WADA, FIFA, AIBA va boshqa yirik sport tashkilotlarining tajribasidan kelib chiqqan holda sportni metodologik rivojlantirish sohasi ham memorandumda ko‘rsatib o‘tilgan va O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishlarni rivojlantirishni ko‘zlaganmiz”, dedi Aliya Ospanova.

Tadbir davomida O‘zbekistondagi sport federatsiyalari, magistrlar, ilmiy-tadqiqotchilar va shu soha mutaxassislari uchun dastlabki ilmiy seminar tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, Elzevir — jahondagi eng yirik to‘rtta ilmiy nashriyot-matbaa uylarining biri hisoblanib, har yili dunyo bo‘ylab nashr etiladigan barcha ilmiy jurnallarning chorak qismi aynan uning hissasiga to‘g‘ri keladi.

Kompaniyaga 1880 yili Gollandiyaning Amsterdam shahrida asos solingan. Shuningdek, kompaniya Buyuk Britaniya, AQSH, Braziliya va boshqa mamlakatlarda o‘z filiallariga ega.

Kompaniya mahsulotlarining obunachi-mijozlari sirasiga butun dunyodagi ilmiy-tadqiqot markazlari, universitetlar, kutubxonalar, vazirliklar va tashkilotlar, shuningdek Yevropa, Amerika va Osiyoning xususiy korporatsiyalari kiradi.

Jahon bo‘ylab 30 milliondan ortiq olimlar, talabalar va turli soha mutahassislari nashriyot ma’lumotlaridan foydalanish imkoniga egalar. Kompaniya tomonidan 1 yilda 240 milliondan ziyodroq ma’lumot va maqolalar internet tarmog‘iga joylanib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

MOQ

Baholaganlar

3

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing