Modrich Real murabbiylar shtabiga qo‘shiladimi?

Sport

image

“Real” yarim himoyachisi Luka Modrich madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelottining mavsum oxirida “qaymoqranglilar” murabbiylar shtabiga qo‘shilish taklifiga javob qaytardi. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Modrich Anchelottining yordamchisi bo‘lish vazifasidan voz kechgan, biroq murabbiyga taklif uchun minnatdorlik bildirgan.

Qayd etilishicha, futbolchi yana kamida bir mavsumni yuqori saviyada futbol o‘ynash niyatida.

Ma’lumot uchun, Modrich 2012 yildan beri “Real”da to‘p tepib kelmoqda. Madrid klubi bilan xorvatiyalik futbolchi 24 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, jumladan, 5 marta Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Modrich mavsum yakunlangach Madrid klubini tark etishi xabar qilingandi.

Xorvatiyalik futbolchi “qirollik klubi” bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Luka Modrich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing