Modrich “Real”dan ketadi

Sport

image

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich mavsum yakunlangandan keyin “Real Madrid” klubini tark etadi. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi “qirollik klubi” bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan.

2012 yilda Ispaniyaning “Real Madrid” klubi prezidenti Florentino Peres Lukaning o‘yinlariga qiziqib qolgan va unga 5 yillik shartnoma taklif qilgan. Transfer narxi va boshqa hisob-kitoblarga ko‘ra, Modrichning Madrid klubiga o‘tishi uchun taxminan 30 million funt sarflangan. U shartnoma imzolaganidan ikki kun o‘tib, 2012 yilning 29 avgustida “qirollik klubi” safida debyut qilgan.

Umumiy hisobda Modrich “Real Madrid”dagi faoliyati davomida 3 marta La Liga chempioni, 2 marta Ispaniya kubogi, 5 marta Ispaniya superkubogi, 5 marta UEFA Chempionlar Ligasi, 4 marta UEFA superkubogi va 5 marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Luka Modrich Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing