Modrich “Real” bilan shartnomasini uzaytirdi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi rahbariyati xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich bilan yangi shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Bu haqda “los blankos” matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kelishuv muddati 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Madrid klubi va 36 yoshli yarim himoyachi o‘rtasidagi oldingi shartnoma shu yilning yozigacha amal qilar edi.

Luka Modrich 2012 yildan beri “Real Madrid” safida o‘ynamoqda. U “qaymoqranglilar” bilan  20 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Bular orasida  Yevropa Chempionlar ligasining 5 ta kubogi bor. 

Avvalroq, “Monako” yarim himoyachisi Tchuamenining transferi “Real Madrid”ga qancha tushishi mumkin haqida xabar berilgandi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

7

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing