Modrich hozirga qadar hech kim erishmagan natijani qayd etdi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi a’zosi Luka Modrich La Liga 28-turidan o‘rin olgan “Selta”ga qarshi o‘yinda (4:0) “Sofascore” portali tomonidan 9,7 ball oldi.

“Real Madrid” yarim himoyachisi gol urmasdan va assistentlik qilmasdan ushbu saytdan 9,5 dan yuqori baho olgan birinchi futbolchi bo‘ldi. “Sofascore” 2015/16 yilgi mavsumdan buyon dunyo bo‘yicha futbolchilarning statistik ma’lumotlarni yig‘ib kelayotgan portal hisoblanadi.

“Selta”ga qarshi o‘yinda 38 yoshli xorvatiyalik futbolchi “Real”ning golli hujumlarida ishtirok etdi va o‘z pozitsiyasida faol harakatlandi.

Ma’lumot uchun, Modrichning “qirollik klubi” bilan shartnomasi shu yil yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt”ga ko‘ra futbolchining qiymati 10 million yevroga baholanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

La Liga Luka Modrich Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing