Modining qasamyod qilish marosimida 7 davlat yetakchilari qatnashadi

Olam

image

Hindiston Bosh vaziri lavozimini qatorasiga uchinchi marta egallaydigan Narendra Modining qasamyod qilish marosimida yetti nafar davlat va hukumat rahbari ishtirok etadi. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

“2024 yilgi umumxalq saylovlaridan keyin Bosh vazir Narendra Modi va Vazirlar Kengashi a’zolarining qasamyod qabul qilish marosimi 2024 yil 9 iyunga belgilangan. Shu munosabat bilan Hindistonning Hind okeani mintaqasidagi qo‘shni davlatlari rahbarlari faxriy mehmonlar sifatida samimiy taklif qilindi”, deyiladi TIV bayonotida.

Marosimda ishtirok etish taklifini Bangladesh Bosh vaziri Shayx Xasina, Butan hukumati rahbari Sering Tobgay, Mavrikiy Bosh vaziri Pravind Jugnot, Maldiv orollari Prezidenti Mohamed Muizzu, Nepal Bosh vaziri Pushpa Kamal Dahal, Seyshel orollari vitse-prezidenti Ahmad Afif, Shri-Lanka Prezidenti Ranil Vikramasingxe qabul qildi.

“Rahbarlarning Bosh vazir Narendra Modining ketma-ket uchinchi muddatga qasamyod qilish marosimida ishtirok etish uchun tashrifi Hindiston o‘zining “Birinchi navbatda qo‘shnilar” siyosatida qo‘yayotgan eng yuqori ustuvor yo‘nalishga mos keladi”, deyiladi Hindiston TIV bayonotida.

Hindistonda 19 apreldan beri yetti bosqichda o‘tgan parlament saylovlari jarayoni 4 iyun kuni yakuniga yetdi. Hammasi bo‘lib, saylovlarda g‘alaba qozongan Milliy demokratik alyans, asosiy kuch Modining Hindiston xalq partiyasi ("Bharatiya Janata" partiyasi, BJP) ovoz berish natijalariga ko‘ra, kelajakdagi parlamentning quyi palatasi tarkibidagi 543 o‘rindan 293 o‘rinni egalladi.

Kecha, 7 iyun kuni Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu Modiga mamlakat uchun yangi hukumatni shakllantirish vazifasini topshirdi. U ketma-ket uchinchi marta Bosh vazir bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Narendra Modi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing