Model qiz Ronalduning sevgilisini yerga urdi

Sport

image

Chilining Rankagua shahrida tug‘ilgan model Daniella Chaves “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodrigesni haqorat qilib, X'dagi sahifasida post qoldirdi.

“Jorjina shu paytgacha 7 marta plastik operatsiyani o‘tkazdi. Bu juda achinarli holat. Siz Jorjinaning tabiiy ko‘rinishiga qarab, uni taniy olmaysiz. U o‘ziniki bo‘lmagan pullarni ishlatadi va bu bilan ijtimoiy tarmoqlarda maqtanadi . Avvallari u do‘konda oddiy sotuvchi bo‘lib ishlagan va hech narsasi yo‘q edi”, deydi Chaves.

Qayd etish joiz, Krishtianu Ronaldu  Jorjina Rodriges bilan 2016 yilda Madrid shahridagi Gucci do‘konlaridan birida tanishib qolgan. Hozirda Jorjina Ronaldu bilan besh nafar farzandni tarbiyalamoqda.

Ma’lumot uchun, hozirda Chavesning Instagram platformasida 18 milliondan ortiq obunachi bor. 34 yoshli Chaves FashionNova kosmetik kompaniyasining elchisi hisoblanadi.

Xabibulloh Rayimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ronaldu Al-Nasr Chilining Rankagua

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made