MMA jangchisi Muslim Omonov qotillik qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonlik 23 yoshli taniqli sportchi Muslim Omonov bugun, 11 sentyabr kuni tongda vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Sportchi pichoqlanishi oqibatida vafot etgan. Voqea Toshkentning Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgani aytilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Muslim Omonov Moskvada bo‘lib o‘tgan aralash jang san’atlari bo‘yicha FFC-2 musobaqasida g‘olib bo‘lgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 8 avgustidan 9 avgustiga o‘tar kechasi MMA chempioni Jamshid Kenjayev Toshkentdagi "Aurum-898" tungi klubida pichoqlab ketilgan edi. 


 


Maqola muallifi

Teglar

Muslim Omonov

Baholaganlar

745

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing