IIBB Muslim Omonovning vafoti bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi
Jamiyat
−
11 Sentabr 2019
36484Avvalroq, o‘zbekistonlik MMA jangisi 23 yashar Muslim Omonov bugun, 11 sentyabr kuni Toshkentning Shayxontohur tumanida qotillik qurboni bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy bayonot berdi.
Unda qayd etilishicha, 10 sentyabrdan 11 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:50 atrofida poytaxt Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan kafelardan birida ikki guruh o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan.
Natijada, mushtlashuv oqibatida uch kishi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan biri – 23 yashar Muslim Omonov shifokorlarning urinishlariga qaramay, vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi “d” bandining 3-qismiga (“Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish”) muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bezorilik harakatlarining barcha ishtirokchilari aniqlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
LiveBarchasi