MMA jangchisi nokautdan so‘ng vafot etdi (video)
Sport
−
05 Oktabr 2021 70640 1 daqiqa
Aralash jang san’ati (MMA) jangchisi Jastin Tornton 2021 yil avgust oyida Bare Knuckle FC turniridagi nokaut natijasida olgan jarohatlari tufayli vafot etdi. Bu haqda MMA fighting nashri xabar berdi.
Ushbu jang joriy yilning 20 avgust kuni AQSHning Missisipi shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Tornton jangning 19 soniyasida Dillon Klekler tomonidan nokautga uchratilgan va tibbiy markazga olib ketilgan.
“BKFC 20 musobaqasida jarohat olib, hayotdan ko‘z yumgan Jastin Torntonning o‘limi haqida eshitganimizda qayg‘uga botdik. Biz uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz”, deydi Bare Knuckle FC tashkiloti rahbari Devid Feldman.
Tornton faoliyati davomida 20 marta jang o‘tkazgan va 6 g‘alabaga erishib, 14 marta mag‘lubiyatga uchragan.
Ma’lumot uchun, Tornton jangdan keyin yarim falaj bo‘lib qolgan va bir necha hafta davomida shifoxonada yotgan. Unga qadar esa umurtqa pog‘onasi shikastlanishi natijasida kelib chiqqan infeksiya bilan kurashayotgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr