MMA jangchisi Elbek Rahimovning o‘ldirilishi bo‘yicha tafsilotlar ochiqlandi

3-sahifa

image

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatida aralash kurash jangchisi Elbek Rahimov bir guruh odamlar tomonidan qasddan o‘ldirilgani haqida xabar bergan.

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Elbek Rahimov o‘ldirilgan qotillik bo‘yicha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, kecha, 17 avgust kuni soat 10:00 larda Qarshi shahrida yashovchi Elbek Rahimovni ko‘p qavatli uyidan chiqishini kutib turib, u chiqqanidan keyin yetti nafar sovuq qurollar bilan qurollangan shaxslar uni bosh, yuz, ko‘krak va tanasining boshqa sohalariga urib, og‘ir tan jarohati yetkazib, Gentra avtomashinasiga majburan mindirib, jinoiy qilmishlarini yashirish maqsadida Chiroqchi tumani Tibbiyot birlashmasiga olib borib, tashlab ketishgan.

Natijada Elbek Rahimov ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan shu kuni shifoxonada vafot etgan.

Jinoyatni “issiq izlar”da fosh etish maqsadida olib borilgan tezkor qidiruv surishtiruv tadbirlari natijasida shu kunning o‘zida jinoyatga aloqador Qarshi shahri va Qarshi tumanida yashovchi fuqarolar Sh.T., J.A., O.R., Ya.Ya., Sh.Z. va E.A. ushlangan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar prokurori tomonidan Z.B. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “l,p” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.T., J.A., O.R., Ya.Ya., Sh.Z. va E.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilindi hamda himoyachi bilan ta’minlanib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

5812

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing