MMA jangchisi 29 yoshida vafot etdi
Sport
−
20 mart 2023
9473Asli tojikistonlik aralash yakkakurash (MMA) jangchisi Muhammadali Saidov miyasiga qon quyilishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda TASS uning jamoadoshlariga tayanib xabar berdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Saidov AQSHda bo‘lib o‘tgan sparring sessiyasida jarohat olgan. Voqeadan keyin u zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar unga miya qon ketishi tashxisini qo‘yib, jonlantirish bo‘limiga yotqizishgan.
“Bir hafta davomida komada edi, ammo ijobiy dinamika kuzatilmadi. Shifokorlar hech narsa qila olmasliklarini aytishdi va uni apparatdan uzishdi”, deydi manba.
Muhammadali Saidov 29 yoshda bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i va to‘rt farzandi bor. MMA’dagi professional faoliyati davomida u ikki marta g‘alaba qozonib, umuman mag‘lubiyatga uchramagan.
Javohir Qadamov
LiveBarchasi