Mahmud Murodov UFC`dagi jangini o‘tkazish uchun Daniyaga yetib keldi

Sport

image

Mahmud Murodov 28 sentyabr kuni UFCda  (AQSHning Las-Vegas shahrida joylashgan va butun dunyo bo‘ylab aralash yakkakurash turlari (shuningdek, MMA - ingliz tilidan. Aralash yakkakurash janglari) bilan kurash olib boradigan sport tashkiloti) debyut qiladi.

Murodov o‘sha kuni italiyalik Alessio Di Kirikoga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Mahmud ushbu jangda ishtirok etish uchun Daniya poytaxti Kopengagen shahriga yetib borgan. U UFC Fight Night 160 turniri oldidan avtograf sessiyada ishtirok etishga ham ulgurdi. 

Ma’lumot uchun, Mahmud Murodov amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning jamoasi a’zosi. U Oktagon va XFN Yevropa ligalarida o‘ynagan. Muradov MMAda 22 g‘alaba va oltita mag‘lubiyat qayd etgan.

Yaqinda Floyd Meyvezerning o‘zi Mahmud Murodovni dunyoning eng yaxshi MMA jangchisi degandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Mahmud Murodov MMA jangchisi

Baholaganlar

83

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made