MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov ham hibsga olindi
3-sahifa
−
03 dekabr 2023
35900MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov Qo‘qon shahrida ikki nafar shaxslarga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Voqea ortidan sportchi huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
“Joriy yilning 27 noyabr kuni esa, sportning jangovar turi bilan shug‘ullangan H.To‘xtamurodov guruhbozlikka intilib, atrofiga turli xil tezkor vaziyatga salbiy ta’sir qiluvchi shaxslarni yig‘ib, Qo‘qon shahrida ikki nafar shaxslarga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan vaqtda, tezkor xodimlar tomonidan ushlanib, jazo muqarrarligi ta’minlandi”, deyiladi IIB xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev qo‘lga olinganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev va Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi Salim Abduvaliyev ushlangani haqida ma’lumotlar mavjud.