MLS Messini xet-trikdan mahrum qildi
Sport
−
14 may 1080 1 daqiqa
Bugun, 14 may kuni tongda “Inter Mayami” MLS muntazam mavsumi doirasida “Sinsinnati”ni 5:3 hisobida mag‘lub etdi. Messi ushbu bahsda 3 ta gol kiritgan edi, biroq liga argentinalik yulduzning bir goli uni olib qo‘ydi.
Sinsinnati shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mehmonlar safida Lionel Messi dubl qayd etdi. Argentinalik hujumchi 24 va 55-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, 79-daqiqada Mateo Silvetti va 84-daqiqada Berterame Xerman ham gol urdi.
Dastlab, MLS rasmiy sayti “Inter Mayami”ning 89-daqiqadagi golini Messiga yozgandi. Biroq keyinchalik ushbu vaziyat avtogol sifatida qayd etilib, gol Roman Chelentano hisobiga yozildi. Shu sabab, Messi xet-trik qayd etish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
Mezbonlar safida esa 41-daqiqada penaltidan Kevin Denki, 49-daqiqada Pavel Buxa va 64-daqiqada Evander Ferreyra gol muallifiga aylandi.
Ma’lumot uchun, hozirda Sharqiy konferensiya turnir jadvalida “Inter Mayami” 25 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Sinsinnati” esa, 16 ochko bilan sakkizinchi pog‘onani egallab turibdi.

Live
Barchasi