Mxitaryan tarixiy natija qayd etdi

Sport

image

“Inter” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Yevropa Chempionlar ligasining final bosqichiga chiqqan tarixdagi birinchi arman bo‘ldi.

YeCHL 1/2 finalining “Inter” va “Milan” o‘rtasidagi javob uchrashuvida Simeone Indzagi shogirdlari kuchliroq bo‘lib, ikki uchrashuv yakuniga ko‘ra, (3:0) finalga yo‘l oldi.

“Inter” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan shu tariqa, yevrokuboklarning eng nufuzli turniri final o‘yinida ishtirok etadigan ilk armanistonlik futbolchi bo‘ladi. Avval bu xalq vakillari Yevropa Chempionlar ligasi finalida maydonga tushmagan.

Musobaqa 1/2 final doirasidagi “Inter” – “Milan” (2:0) o‘rtasidagi ilk o‘yinda Genrix Mxitaryan gol urib, o‘sha uchrashuvda yakuniy hisobni o‘rnatgan edi.

Yevropa Chempionlar ligasi finali 10 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Chempionlar ligasi Genrix Mxitaryan “Inter”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing