Miyamiz bizni aldaydi: Kleopatra va Misr piramidalari bir davrda bo‘lmagan
Bu qiziq
−
23 iyun 2023
15113Bizning sayyoramiz 4,5 milliard yoshdan oshgan. Bu davr davomida juda ko‘p voqealar sodir bo‘lganki, ba’zida biz vaqt chegaralarini idrok qilishda chalkashliklarga duch kelamiz. Misol uchun, miyamizda mamontlar g‘or odamlari davrida nobud bo‘lgandek taassurot mavjud. Ammo aslida, ilk g‘or odamlari bundan 10 ming yil avval yashagan. Mamontlarning so‘nggi avlodi esa bundan 4 ming yil avval yashagan. Bu chalkashliklarni oydinlashtirish uchun har xil hodisalarni bir-biri bilan solishtirish kifoya. Quyida shunday misollar bilan tanishasiz.
Misr malikasi Kleopatra tasavvurimizda piramidalar mavjud bo‘lgan davrda yashagandek va hatto ularning qurilishiga daxldordek gavdalanadi. Ammo eng katta Misr piramidasi Giza miloddan avvalgi 2570 yilda qurilgan. Kleopatra esa miloddan avvalgi 69 yilda tug‘ilgan. Bu o‘rtada oz emas, ko‘p emas — 2501 yil farq borligini anglatadi. Malika tug‘ilganidan deyarli shuncha vaqt — 2044 yil o‘tib, 1975 yilda Microsoft kompaniyasi tashkil etilgan. Demak, Kleopatra va Misr piramidalari orasida malika va Microsoft o‘rtasidagicha farq bor.
Taniqli “Paramout Pictures” kinokompaniyasi zamonaviy filmografiyaning yaqqol misoli, to‘g‘rimi? Ammo u Usmonli Turklar imperiyasi davriga daxldor, desak, nima deysiz? Gap shundaki, kompaniyaga 1912 yilda “Famous Player Films Company” nomi bilan asos solingan. Bu davrda esa Usmonli Turklar imperiyasi hali 3 ta qit’ada hukmronlik qilardi.
Tiffany brendi haqida eshitmagan ayol bo‘lmasa kerak. Kompaniya hashamatli zargarlik buyumlari bilan mashhur. Unga 1837 yilda Charlz Lyuis Tiffani tomonidan asos solingan. Uning tarixi esa Italiya Qirolligidan ham uzoqroqdir. Qirollikka brenddan 24 yil keyin 1861 yilda asos solingan.
Shunday qilib, miyamiz bizning virtual tasavvurlarimiz orqali alday oladi. Bir davrda sodir bo‘lgan bir nechta voqeani solishtirish orqali bu chalkashlikka barham berish mumkin.
Sevara Husniddinova
LiveBarchasi