Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
18 Oktabr
1743Tamer Fathi Abdussalom Hammad Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 18 oktyabr Baxtiyor Saidov Tamer Fathi Abdussalom Hammadni qutlab, undan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgan.
“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining o‘tgan yili Qohiraga amalga oshirgan rasmiy tashrifi istiqbolli hamkorlik uchun yangi poydevor qo‘ydi. Faol va yaqin munosabatlar kun tartibini boyitishda, shubhasiz, elchixonalar muhim o‘rin tutadi. Janob Elchiga O‘zbekistonda samarali va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini tilaymiz”, deyiladi vazir xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Misrning O‘zbekistondagi oldingi elchisi Amira Fahmiy mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlagan edi.
LiveBarchasi