Misrdagi tepalikdan bolalarning mumiyolari topildi
Bu qiziq
−
09 iyul
6948Arxeologlar Misrdagi tepalikdan 30 dan ortiq bolalarga tegishli mumiyolarni topdi. Bu haqda “News” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu mumiyolarning dafn marosimi yunon-rim davriga borib taqaladi. Mumiyolarning tepalikdan topilishi ular bir vaqtlar savdo portida istiqomat qilganidan darak beradi. Topilmalar orasida tobutlar, qayta ishlangan papirus, shuningdek, matodan tayyorlangan qadoqlar, tok bargi naqshlari bilan bezatilgan idish-tovoqlarni uchratish mumkin. Qazishmalar paytida arxeologlar qabrlar atrofidan motam marosimida foydalanadigan qadimiy moy lampalarini ham topgan.
Arxeologlarning fikricha, qabrlar taxminan miloddan avvalgi VI asrga tegishli. Bu davr miloddan avvalgi 525-404 yillarda forslar hukmronligi, Ptolemey I Soter tomonidan asos solingan yunon Ptolemeylar sulolasi va Rim imperiyasi hukmronligini qamrab oladi.
Olimlarning fikricha, tepalikka o‘sha davrning elitasi, pastlikka esa jamiyatning o‘rta va quyi qatlamidagi tabaqa vakillari ko‘milgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qadimgi Misrning eng qudratli fir’avniga tegishli uzoq vaqtdan beri yo‘qolgan sarkofag uning o‘limidan 3000 yil o‘tib topilgandi.
LiveBarchasi