Misrdagi savdo markazida portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Olam

image

Kecha, 13 avgust kuni Misrning Yangi Qohira shahridagi savdo markazida geliy balloni portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jarohatlandi. Bu haqda “The National News“ xabar berdi.

Misr Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, hodisa Arabella Plaza savdo markazida yuz bergan.

Misr Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, portlash savdo markazining birinchi qavatida joylashgan sovg‘alar do‘konidagi geliy ballonida sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida do‘kon ichida kichik yong‘in kelib chiqqan, biroq u tez orada nazorat ostiga olingan. Shuningdek, portlash va yong‘in oqibatida yaqin atrofdagi ayrim do‘konlarning fasad qismi zarar ko‘rgan.

Hodisa haqida xabar kelib tushgach, voqea joyiga 8 ta tez yordam mashinasi yuborilgan. Jarohatlanganlarning 11 nafari New Cairo Specialized Hospital shifoxonasiga, yana olti nafari esa yaqin atrofdagi tibbiyot muassasalariga olib ketilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ularning barchasiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini va ahvoli doimiy nazorat qilinayotganini bildirgan. Shuningdek, yaqin hududdagi shifoxonalarda yuqori tayyorgarlik rejimi joriy etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Italiyaning Rim shahri janubi-sharqidagi Kolleferro yaqinida joylashgan o‘q-dorilar zavodida kecha, 13 avgust kuni kuchli portlash sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing