Misrdagi plyajda sayyohni yeb qo‘ygan akula muzey eksponatiga aylantiriladi (video)

3-sahifa

image

Misr dengiz fanlari va Qizil dengiz qo‘riqxonalari instituti mutaxassislari tomonidan Xurgada qirg‘oqlarida Rossiya fuqarosini yeb yuborgan akulani mumiyolash boshlandi. Bu haqda “Al-Arabiya” telekanali xabar berdi.

Keltirilishicha, jarayon nihoyasiga yetgach, yirtqichning mumiyosi institut muzeyida ko‘rgazmaga qo‘yiladi.

Nashrga ko‘ra, akula mahalliy baliqchilar tomonidan tutilgan va keyingi o‘rganish uchun institutga topshirilgan. Mutaxassislar akulaning oshqozonidan marhum rossiyalikning qoldiqlarini chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Hozirda Qizil dengiz rasmiylari mahalliy sayyohlik investorlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda bunday fojialar takrorlanmasligi uchun reja ishlab chiqmoqda. Xususan, dengizda akulalarni qirg‘oqqa yaqinlashtirmaydigan maxsus to‘rlarni o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Misrning Xurgada shahridagi plyajda rossiyalik 23 yoshli sayyohni akula yeb qo‘ygan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Misr sayyoh akula plyaj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing