Misrda noma’lum kasallik tarqaldi

Olam

image

Misrning Qena provinsiyasidagi El-Alikat qishlog‘i aholisi orasida noma’lum kasallik tarqalgani aniqlandi. Bu haqda “Cairo.24” nashri xabar berdi.

Keltirilishicha, 1000 nafarga yaqin qishloq aholisi noma’lum kasallik alomatlaridan shikoyat qilib, shifokorga murojaat qilgan. Qishloqqa shifokorlar yuborilib, ichimlik suvidan namunalar olingan. Mutaxassislar infeksiya chivin chaqishi yoki ichimlik suvi orqali yuqishi mumkinligini tekshirishmoqda. Hozircha tadqiqotdan hech qanday natija yo‘qligi aytilmoqda.

Kasallanganlarda 40 gradusgacha bo‘lgan yuqori harorat, og‘riq, qusish va bosh aylanish holatlari kuzatilgan. Ayrim ommaviy axborot vositalari Misrda Dange bezgagi avj olganini taxmin qilmoqda. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi esa aholini vahima qilmaslikka chaqirgan.

Mahalliy aholining aytishicha, alohida holatlar o‘tgan yilning aprel oyida ham kuzatilgan, biroq so‘nggi bir necha kun ichida infeksiya keng tarqalmoqda.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta 2022 yilning dekabr oyida Afg‘oniston janubidagi Zobul viloyatida noma’lum kasallik epidemiyasi tarqalib, ikki bolaning hayotiga zomin bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Misr noma'lum kasallik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing