Misrda “mini-sfinks” topildi

Bu qiziq

image

Arxeologlar tomonidan Misr janubidagi qadimiy ibodatxonada sfinksga o‘xshash haykal va ziyoratgoh qoldiqlari topildi. Bu haqda Misr rasmiylariga tayanib, BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, topilmalar poytaxt Qohiradan 450 km janubda joylashgan Qena viloyatida Dendera ibodatxonasidagi ikki qavatli qabr ichidan topilgan. Shu atrofda Misrning eng qadimiy maskanlaridan biri bo‘lgan Xathor ibodatxonasi ham joylashgan.  

Arxeologlarning fikricha, sfinks haykalining jilmayib turgan yuzi eramizning 41-54 yillari orasida hukmronlik qilgan Rim imperatori Klavdiyga o‘xshatib ishlangan. Imperator o‘z davrida Shimoliy Afrikada Rim hukmronligini kengaytirgan.

Shuningdek, manzilhogda demotik va iyeroglif yozuvlari bo‘lgan Rim davriga oid tosh plita ham topilgan. Turizm va qadimiy ashyolar vazirligi tosh plitadagi belgilar olimlar tomonidan o‘rganilishi, bu esa haykalning shaxsi haqida ko‘proq ma’lumot berishi mumkinligini aytgan.

Biroq ba’zi ekspertlar Misr hukumatining bu kashfiyotlarini Misrdagi og‘ir iqtisodiy inqiroz sharoitida turizm sanoatini jonlantirish uchun ko‘proq sayyohlarni jalb qilish usuli sifatida baholagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 4500 yillik Giza piramidasining asosiy kirish eshigi yaqinida to‘qqiz metr uzunlikdagi yashirin yo‘lak topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Misr mini-sfinks

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing