Misrda 3 kunlik motam e’lon qilindi

Olam

image

Misrda Quvayt amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Sabohning o‘limi munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi. Bu haqda Misr Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

“Misr Arab Respublikasi 2023 yil 16 dekabr, shanba kuni vafot etgan qardosh Quvayt davlati amiri shayx Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh xotirasi uchun motam tutadi”, deyiladi as-Sisi idorasi bayonotida.

Xabarda marhum uchun mamlakatning barcha hududlarida 3 kunlik motam e’lon qilingani qayd etildi.

Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 2020 yil sentyabridan Quvayt taxtini egallab turgandi. Uning o‘limidan so‘ng ukasi, 83 yoshli valiahd shahzoda Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh hokimiyatni meros qilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, kecha 16 dekabr kuni Quvayt davlatining 86 yoshli amiri vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Misr motam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing