Misr sobiq Prezidenti Husni Muborak vafot etdi

Olam

image

Misrning sobiq Prezidenti Husni Muborak 91 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqida davlat televideniyesi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, siyosatchi uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng olamdan o‘tgan.

Yanvar oyining oxirlarida uning oshqozonidan saraton o‘simtasi olib tashlangan edi. Ma’lum qilishlaricha, Muborak alohida intensiv bo‘limida davolangan.

Ma’lumot o‘rnida, Husni Muborak 1981 yildan 2011 yilgacha, 30 yil davomida mamlakatni boshqargan. 2011 yilning fevral oyida uning hokimiyatdan ketishini talab qilib uyushtirilgan ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng, iste’foga chiqqan edi.

Bundan tashqari, sobiq Prezident korrupsiya va namoyishchilarning o‘limida ayblanib, hibsga olingandi. Muborak olti yil qamoqda o‘tirdi. 2017 yil ozodlikka chiqarildi. Shundan so‘ng, u oilasi bilan Qohiraning Geliopolis tumanidagi villasida yashab kelayotgan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

Misr Husni Muborak

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing