Mishustin O‘zbekistonni AES qurishni tezlashtirishga chaqirdi

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistonda Atom elekr stansiyasi qurilishi loyihasini tezlashtirish kerak, deb hisoblaydi. U bu haqda Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisida aytib o‘tgan.

“Biz atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashni muhim deb bilamiz. Yirik loyiha Rossiya tomonidan loyihalashtirilgan atom elektr stansiyasini birgalikda qurishdan iborat. Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni tezlashtirish zarur”, deydi Rossiya hukumati rahbari.

Mishustinning aytishicha, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida Rossiya birinchi o‘ringa chiqqan. 

2022 yilning 10 oyi davomida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi  30,5 foizga o‘sib, 7 milliard dollarga yaqinlashgan. Rossiyaning energetika sohasiga kiritgan sarmoyalarining umumiy hajmi 12 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Avvalroq Rossiya Bosh vaziri Samarqandga yetib kelgani va uni O‘zbekiston Bosh vazri Abdulla Aripov kutib olgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mixail Mishustin

Baholaganlar

408

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing