Mishustin Ramzan Qodirovni tanqid qildi. Checheniston rahbari keskin javob qaytardi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustinning mintaqaviy hokimiyatni federal hokimiyat bilan chalkashtirmaslik va mahalliy rahbarlarning qarorlari bilan mintaqaviy ma’muriy chegaralarni berkitib bo‘lmasligi ta’kidlagan bayonotiga javob berdi.

“Agar u aynan Checheniston haqida gapirgan bo‘lsa, unga noto‘g‘ri ma’lumot berishgan. Biz hech qachon chegaralarni yopish haqida gapirmadik va ularni tranzit, oziq-ovqat, dori-darmon va asbob-uskunalarni tashish uchun yopmadik. Logistika sohasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan choralarni ko‘rmadik” deb yozdi Qodirov Telegram’dagi o‘z sahifasida.

1 aprel kuni Grozniy telekompaniyasi Checheniston hukumati respublika chegaralarini butunlay yopishga qaror qilgani haqida xabar berdi. Ertasi kuni Qodirovning o‘zi Telegram kanalida COVID-19 tarqalishi munosabati bilan Chechenistonning ma’muriy chegarasi orqali barcha turdagi transport vositalarining harakatini to‘xtatishga qaror qilgani haqida yozdi.

“Ushbu masala juda muhim, chunki bu odamlarning xavfsizligiga taalluqli. Shoshilinch xizmatlar, mahsulotlar, dori-darmonlar va boshqa hayotiy tovarlarni va bemorlarni tashish bundan istisno. Hech qanday maqsadsiz avtomobilda aylanish bo‘lmaydi! Uyga qaytib yoki respublikani tark etmoqchi bo‘lganlar buni 5 aprelgacha amalga oshirishlari lozim”, deb yozgan edi Checheniston rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Mixail Mishustin

Baholaganlar

960

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing