O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi bitim kuchga kirdi
Jamiyat
−
02 Sentabr 2019
3691Bugun, 2 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi.
Hujjat 2018 yilning 13 sentyabr kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida imzolangan edi.
Mazkur hujjat bojxona qonunchiligi buzilishini oldini olish, surishtirish va unga qarshi kurashishda o‘zaro yordam ko‘rsatish tartibini belgilaydi. Ushbu Bitim doirasida ikki mamlakat bojxona organlari ularning hududlarida amaldagi bojxona qonunchiligini buzish maqsadida foydalanilgani yoki foydalanilishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot yoki shubha mavjud bo‘lgan shaxslar, tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida bir-birlariga ma’lumot taqdim etadilar.
Bitim ikki mamlakat bojxona organlari hamkorligini rivojlantirish va kengaytirish hamda bojxona huquqbuzarligini oldini olish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlashga imkon beradi.
LiveBarchasi